Vazirlik mutaxassislari talaba uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Ichki ishlar vazirligi va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 8 mart kuni «Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari boshliqlari oliy o‘quv yurtlariga biriktirilishi va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 15/11-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 27 mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i D.Latipov va filial direktori, professor B.Erimbetov bilan birgalikda talaba-yoshlarga jamiyatimizning rivojlanishi uchun korrupsiyaga qarshi kurashish kerakligi, diniy va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Sayyor qabul davomida bu borada talaba-yoshlarning murojaatlari va fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, bundan buyon sayyor qabullarni tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi.

Filial Matbuot xizmati.