Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar diqqatga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi “Mirzo Ulugʻbek vorislari tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi 206-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Iste’dodli yoshlarni  qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar  vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga  qabul e’lon qilinadi.

Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining

bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, 3-kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalari saralash asosida qabul qilinadi. Oʻquv kurslariga “Mirzo Ulug‘bek vorislari” – “Data science” o‘quv kursi  tanlovini tashkil etish va tanlov uchun har bir davlat oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafar iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy  nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi.

Oʻquv kurslariga saralash bosqichida g‘olib deb topilgan hududlardagi talabalarga, o‘quv yili davomida o‘qishini mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.

Shu munosabat bilan, iqtidorli talaba yoshlar orasida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kurslarida tahsil olish uchun belgilangan talablarga  to‘g‘ri keladigan nomzodlar joriy yilning 15-avgust kuniga qadar maxsus veb sayt orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Batafsil maʼlumot uchun @Koblan_Mnajatdinov ga murojaat qilishingiz mumkin!

©️Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi.