Filialda «Yoshlarda korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash mexanizmlarini hayotga tatbiq etish maqsadida «Yoshlarda korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filialning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi N.Ramanqulov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

Keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborot sektori bosh maslahatchisi B.Matjanova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassisi, mayor S.Tureev va filialning profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylovlar talaba-yoshlarga korrupsiyaning jamiyat rivojlanishiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari va korrupsion holatlarga duch kelganda yoki guvohi bo‘lganda qayerlarga xabar berish kerakligi haqida ma’lumotlar berdi.

Talabalar soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.