Talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Direktor va yoshlar» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Utemuratov talaba-yoshlarning fikr-takliflari va ularning murojaatlarini tingladi.

Tadbir yakunida talabalarning fikr-mulohazalari va murojaatlari asosida tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.
Filial Matbuot xizmati.