Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Qarorning mazmuni talabalarga tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvarda «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘zatov tumani sudi sudyasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari bilan uchrashdi.

Tadbirda soha mutaxassisi tomonidan qaror mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga keng tushuntirildi. Shu bilan birga hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun doirasida ko‘riladigan jazo choralari haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalar soha mutaxassisidan bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.