Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Sport turlari nazariyasi va amaliyoti: muammo va yechimlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, Rossiya davlatidan ham olimlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyani filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Rustam Haydarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

So‘ng konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri t.f.d. (PhD), dotsent Sultonbek Toyliboyev, Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Salamat Satboyev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti «Adaptiv jismoniy tarbiya va para sport» kafedrasi dotsent v.b., p.f.n. (PhD) Eldor O‘rinboyev, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Po‘latboy Mamutov, Moskva shahar pedagogika universiteti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Russu Olga Nikolaevna va boshqalar tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, bu bo‘yicha olimlar va mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdi.

Ma’ruzachi va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar inobatga olingan holda bu borada chora-tadbirlar belgilab olindi.

Faol ishtirok etgan izlanuvchilar va talaba-yoshlar filial rahbariyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.