Talabalar Jahon chempionlari bilan uchrashdi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan Jahon va Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III Markaziy Osiyo bosqichi g‘oliblari bilan filial talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda karate sportining karate turi bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston va Jahon chempionlari bo‘lgan Gulsaro Iskandarova, Xusnora Jumaniyazova hamda Pokiston davlatida gandbol bo‘yicha U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III Markaziy Osiyo bosqichida ishtirok etib, 1-o‘rinni egallagan Gulzoda Turganboyeva, Dilfuza Ibraimova va Sarbinoz Saparboyeva bilan uchrashdi.

Uchrashuvda sportchilar sportning o‘ziga xos qiyinchiliklari, mashg‘ulotlar jarayoni va musobaqada raqib ustidan g‘alaba qozonishning o‘ziga xos zavqi haqida so‘zlab berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va takliflarini bildirishdi.




Filial Matbuot xizmati.