Barcha oliygohlarda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Endi barcha oliygohlarda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi
Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.
Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.
Filial Matbuot xizmati.