Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talaba-qizlar sportning «Darts» turidan kuch sinashdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan may oyi oliy ta’lim muassasalarida «Sport oyligi» deb e’lon qilindi va ushbu oylik doirasida «Sportchi el – himoyachisi» shiori asosida turli sport musobaqalarini o‘tkazish belgilab olingan edi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Sportchi el – qo‘riqchisi» shiori asosida sportning «Darts» turidan filialning talaba-qizlari o‘rtasida «Sport turlari» fakulteti birinchilik o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada jami beshta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilardan aniqlikni talab qiladigan musobaqa yakunida «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi jamoasi 1-o‘rin, «Sport o‘yinlari» kafedrasi jamoasi 2-o‘rin va «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.