Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«Direktor kubogi» uchun sportning «Suzish» turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kuni «Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi PF-6099-sonli Farmoni qabul qilingan edi.

Farmon asosida 2025 yilning may oyi «Sport oyligi» deb e’lon qilindi va ushbu oylik doirasida «Sportchi – el himoyachisi» shiori ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida Respublika suv sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabida «Direktor kubogi» uchun sportning «Suzish» turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

«Direktor kubogi» uchun o‘tkazilgan musobaqada o‘g‘il bolalar 100 m «Batterflyay,» 100 m «Brass,» 100 m «Chalqancha,» 100 m «Erkin» usulda va qiz bolalar 100 m «Erkin» suzish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

 

Musobaqa yakunida 100 m «Batterflyay» usulida o‘g‘il-bolalar o‘rtasida;

Botirboyev Ruslan 1-o‘rin, Zaripov Berikboy 2-o‘rin, Qidirboyev Ramazon 3-o‘rin.

100 m Brass 100 m «Erkin» usulida o‘g‘il bolalar o‘rtasida;

Sulaymonov Manas 1-o‘rin va Yusupboyev Jumaxmet 2-o‘rin.

100 m «chalqancha» usulida o‘g‘il bolalar o‘rtasida;

Zeripboyev Yaxshiboy 1-o‘rin, Eshboyev Mahkambek 2-o‘rin va Kenesboyev Samat 3-o‘rin.

100 m «Erkin» usulida o‘g‘il-bolalar o‘rtasida;

Mambetmuratov Allayar 1-o‘rin, Turganbayev Oljas 2-o‘rin va Kenesbayev Azizbek 3-o‘rin.

100 m «Erkin» usulida qizlar o‘rtasida;

Yusupboyeva Mashxura 1-o‘rin, Satboyeva Azada 2-o‘rin va Xudaybergenova Aynura, Aytboyeva Elmira 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.