Filial talabasi oltin medal sohibi bo‘ldi

Joriy yilning 12-16 avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida sportning Sambo turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Jahon o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Shahzoda Azatova -59kg vazn toifasida ishtirok etdi va barcha raqiblaridan ustun kelib 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibiga aylandi.
Filial mehnat jamoasi nomidan Shahzodani erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz.
Filial Matbuot xizmati.