Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Yangi kitoblar taqdimoti

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida  moliyaviy savodxonlik bo‘yicha qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan Bodo Sheferning «Pul alifbosi,» Jorj S.Kleysonning «Vavilonning eng boy odami,» Saidmurod Davlatovning «Men va pul» va «Tafakkur strategiyasi» kitoblarini keng jamoatchilikka tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yangi kitoblar taqdimoti kechasida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori R.Saparbayev, tadbirkor A.Kaypanov, «Booky» loyihasi asoschisi A.Dabilovlar so‘zga chiqib, xalqimizning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishidan kelib chiqib, ularning turmush darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ushbu chora-tadbirlarning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Xalqimizning ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi ushbu tadbirda filial Axborot resurs markazi rahbari va mutaxassislari ham ishtirok etdi.

 Filial Matbuot xizmati.