O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi

Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2025/2026 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi.
Ma’lumot uchun: to‘lov shartnomasini olish uchun abituriyentlar kontrakt.edu.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn ariza yuborishlari yoki filialning qabul komissiyasi huzuridagi “Call-markaz” mutaxassislariga murojaat qilishlari mumkin.
Call-markaz: +99897 508-48-72
Filial Matbuot xizmati.