«Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Talaba-yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markazida «Yosh kitobxon» tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talabalar orasidan tuzilgan jamoa a’zolari o‘zaro belgilangan shartlar asosida bellashdi. Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tkazilgan musobaqa yakunida bilimdonlar orasidan g‘olib jamoalar aniqlandi.

G‘olib jamoa a’zolari filial rahbariyati tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.