Xalqaro hamkorlik bo‘yicha yana bir Memorandum tuzildi

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Belarus milliy texnika universiteti «Texnika, texnologiya va iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» filiali direktori Denis Aleksandrovich Konopattskiy O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Erimbetov Bayrambay Karlibayevich kutib oldi.

Dastlab, ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlikni mamlakatda rivojlantirish bo‘yicha suhbat olib borildi. Suhbat davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali va Belarus milliy texnika universiteti «Texnika, texnologiya va iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» filiali o‘rtasida xalqaro, ta’lim, fan va sport sohasida, talabalar, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilarning tajriba almashish, xalqaro loyiha va dasturlarda hamkorlik bo‘yicha o‘zaro Memorandum imzolandi.


Filial Matbuot xizmati.