Shahzoda Jahon chempionatida 2-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 7-9 noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sportning sambo turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida filial talabasi Shahzoda Azatova -65 vazn toifasida ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tkazilgan musobaqa yakunida Shahzoda kumush medal sohibi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sakkizta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Talabamizni erishgan yutug‘i bilan filial mehnat jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!
Filial Matbuot xizmati.