Filial talabasi «Xalqaro toifadagi sport ustasi» bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bugungi kunda bir qator Jahon, Osiyo, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston chempionlari, O‘zbekiston va xalqaro darajadagi sport ustalari tahsil olmoqda.
Talabalarning sportda yaxshi natijaga erishishida, albatta, filial professor-o‘qituvchilarining ham salmoqli hissasi bor. Sababi, talabalar filialda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda foydalanib kelmoqda.
Buning yorqin misoli sifatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyoda 3-o‘rin sohibi, bir necha bor O‘zbekiston chempioni, kubok g‘olibi bo‘lgan filialning «Erkin kurash» mutaxassisligi 2-bosqich talabasi Shahzoda Allaniyazovaga joriy yilning 20 noyabr kuni «Xalqaro toifadagi sport ustasi» berildi.
Hozirgi kunda Shaxzoda Allaniyazovaga P.Utepbergenov U.Jarilkapovlar murabbiylik qilib kelmoqda.
Filial Matbuot xizmati.