Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti rahbari ziyrak talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Menglimuratov iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy, ijodiy ishlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish yo‘nalishida o‘quv muassasasida qilinayotgan chora-tadbirlar, Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, «Yilning eng faol talabasi» tanlovining bosqichlari, nominatsiyalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Filial Matbuot xizmati.