Sport – do‘stlik elchisi: Totuvlik va hamjihatlikka chorlovchi badiiy tadbir

«Millatlararo totuvlik oyligi» doirasida yoshlar o‘rtasida sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlardan so‘ng ikki oliy o‘quv yurti talabalari ijrosida «Sport – do‘stlik elchisi» mavzusida badiiy tadbir o‘tkazildi.

Unda ikki oliy o‘quv yurti ijodkor talabalarining musiqiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi kompozitsiyalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida mini-futbol, badminton, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoa va talabalarga munosib mukofotlar topshirildi.

Filial Matbuot xizmati.