Filial yoshlar ittifoqi rahbari talabalar bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti rahbari filial talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

Unda filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi 2025-o‘quv yilida filialda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, tadbir davomida filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari va ularning ishlari haqida so‘zlab berdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.