Talabalar kutubxonaga ekskursiya uyushtirdilar

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markazi mutaxassislari filial talabalari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etdi.

Unda talabalarga markaz mutaxassislari kutubxona xizmatlaridan foydalanish qoidalari, fonddagi kitoblar, gazeta-jurnallar, elektron resurslar, zamonaviy texnologiyalar, jahon ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, kutubxona fondiga yangi kelgan adabiyotlar, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchi katalog va kartotekalar bilan yaqindan tanishdi va bir ishtirokchini kutubxonaga a’zo bo‘lishlarini tavsiya etdi.

Filial Matbuot xizmati.