Filialda dolzarb masalaga qaratilgan tadbir bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida «To‘xta, qizlarga shilqimlikka yo‘l yo‘q!» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

So‘ng so‘zga chiqqan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kalillaeva, psixolog A.Alliyarova, profilaktika inspektori, kapitan R.Ismayilov Registrator ofisi boshlig‘i D.Nurishovlar filialning talaba-qizlarini tazyiq, bosim, zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning huquqiy, psixologik va axloqiy mas’uliyatini oshirish, ayniqsa, erkak o‘qituvchilarning kasbiy etikasini mustahkamlash bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.