Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 24 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida har haftaning payshanba kunini «Yoshlar kuni» deb belgilagan edi.

Shu asosda bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov bilan filial talabalari o‘rtasida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktori bugungi kunda mamlakatimizda bevosita prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib yetishishi uchun olib borilayotgan islohotlar, ularning ta’lim olishi, doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng filial talabalariga o‘quv muassasasida yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi va har bir talabaning o‘quv jarayoni, bandlik masalasi, «Ustoz-shogird» yo‘nalishidagi takliflarini tingladi.

Filial Matbuot xizmati.