Bayram arafasida ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan filial mehnat jamoasida ishlaydigan ayollardan iborat professor-o‘qituvchilar, texnik xodimlar va talaba-qizlar ishtirokida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Bayram kechasini filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini bayrami bilan samimiy tabrikladi.

So‘ng filialda ishlaydigan ayollarga hurmat ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bayram kechasi qoraqalpoq estrada yulduzlarining ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.