Talabalar madaniy dam oldi

Filial talabalarining o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularning ko‘ngilli dam olishlarini tashkil etish maqsadida tyutor A.Qosnazarov o‘ziga biriktirilgan talabalarni Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo‘yilayotgan «Shaddod ona va uning bolalari» spektaklini tomosha qildi.
Nemis dramaturgi Bertolt Brextning eng mashhur pyesalaridan biri bo‘lgan «Shaddod ona va uning bolalari» spektakli voqealari O‘ttiz yillik urush (1618-1648) davrida, Yevropada bo‘lib o‘tadi. Unda dramaturg Brext urush dahshatlarini, insoniy qadriyatlar yemirilishini va oddiy odamlar fojiasini «mard ona» – Anna Fyurling obrazi orqali ochib beradi.
Talabalar spektaklni tomosha qilib madaniy hordiq chiqarishdi va urushning yomonligi haqida tushunchaga ega bo‘lishdi.
Filial Matbuot xizmati.