Filialda 9-aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tantanali tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati A.Tolibekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining katta yordamchisi N.Nurimbetov, filialning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va boshqarib bordi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Aqilbek Tolibekov so‘zga chiqib, barchani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bilan samimiy tabriklab, xalqning farovonligini ta’minlashda – Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligiga alohida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni ekanligini, mamlakat kelajagi ushbu hujjatda o‘z aksini topganligini, bugun yurtimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar, demokratik huquqiy davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida erishayotgan yutuqlarimizning barchasi Konstitutsiyada ko‘rsatilgan asosiy prinsiplarning hayotga to‘liq tatbiq etilishi bilan bog‘liq ekanligini o‘z ma’ruzalarida keltirib o‘tdilar.

Filial Matbuot xizmati.