Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar kuni» doirasida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Unda filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Uchrashuvda ta’lim tizimidagi yangilanishlar, oliy ta’lim muassasalarida sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va kadrlarni zamon talablariga mos tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga talabalarning ta’lim olish jarayonidagi faolligi, erkin fikrlashi va kasbiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligiga qarashli sport maktablaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdi va ishlashni xohlovchi bitiruvchi kurs talabalarini ishlashga taklif qildi.

«Direktor va yoshlar» uchrashuvi davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Filial matbuot xizmati.