Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora, tashkilotlar va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘lishi belgilangan edi.

Bugun 16 aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar kuni» doirasida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Unda filial direktori, professor B.Erimbetov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Unda filial direktori mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yosh sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tayyorlash, magistraturada o‘qitish va har bir bitiruvchining doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan ishlar haqida talaba-yoshlarga keng ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

 

Filial Matbuot xizmati.