Talaba qizlar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida psixolog A.Alliyarova va tyutor N.Artikbayeva bilan hamkorlikda talaba-qizlar uchun «Oilaga va turmushga tayyorlash» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarni psixolog A.Alliyarova va tyutor N.Artikbayevalar yoshlarga oila haqida tushunchalar berdi. Ularni oilaga, turmushga tayyorlash, oilalarda ijtimoiy-psixologik barqarorlikni ta’minlash, oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish va oilada kuzatilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.
Ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Amaliyotchi Bekboy Qosnazarov.