Filial talabalari faxrli o‘rinlarni egalladi

Joriy yilning 18-21 may kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida sportning kurash turi bo‘yicha «Talabalar ligasi» sport musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi va ular orasidan Nizomiddin Jaloliddinov 66 kg vazn toifasida, Sevara Muratova 48 kg vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.