Jurnalist va blogerlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishi bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2026-2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlar joriy yilning 10-iyul sanasidan sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) kasbiy (ijodiy) imtihonlarini belgilangan jadval asosida topshirib boshlagan edi.

Bugun joylarda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilayotganligi bilan keng jamoatchilik vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida media tur tashkil etildi.

O‘tkazilgan media tur doirasida jurnalist va blogerlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ularga oliy ta’lim muassasalariga qabuldagi o‘zgarishlar va filialda mavjud mutaxassisliklar haqida ma’lumotlar berildi.

Filial Matbuot xizmati.