Markaziy «Turon» stadioniga zamonaviy VAR texnologiyasi o‘rnatildi

Markaziy «Turon» stadionida futbol o‘yinlarini zamonaviy talablar asosida o‘tkazish maqsadida VAR – hakamlar qarorlarini videoyozuv orqali qayta ko‘rib chiqish tizimi o‘rnatildi.

Ushbu texnologiya nizoli holatlarni aniqlash, hakamlar qarorlarining aniqligi va adolatliligini ta’minlashga xizmat qiladi. VAR tizimining ishga tushirilishi stadion infratuzilmasini zamonaviy standartlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Endi Markaziy «Turon» stadionida o‘tkaziladigan futbol o‘yinlarida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyati yanada kengayadi.

©️Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Axborot xizmati.