Filialda «Mustaqillik soati» tashkil etildi

Bugun, 28-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida mustaqillikning tarixiy ahamiyatini anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan «Mustaqillik soati» o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni va istiqlol yillarida yurtimiz bosib o‘tgan sharafli yo‘l haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Mustaqillikning 35 yili davomida barcha sohalarda, jumladan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan ulkan yutuqlar va bunyodkorlik ishlari alohida qayd etildi.

Yurtimiz mustaqilligi, tinchligi va farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin!

Filial Matbuot xizmati.