Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni filial direktori, professor B.Erimbetov olib bordi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, filialda 2026/2027-o‘quv yili uchun kalendar ish-rejasini va filial Kengashining 2026/2027-o‘quv yili uchun Kengash a’zolarining yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi Kengash raisi, professor B.Erimbetovning taklifi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat, ta’lim, ilmiy ishlar va innovatsiyalar yo‘nalishidagi 2026/2027-o‘quv yili uchun rejalashtirilgan ish-rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi direktor o‘rinbosarlarining ma’ruzalari, takliflari tinglandi.

Shuningdek, joriy masalalar tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial Matbuot xizmati.