Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2026 yilning III choragi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan media-reja asosida filialda yangi 2026-2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda filial direktori, professor B.Erimbetov ommaviy axborot vositalari vakillariga yangi 2026-2027-o‘quv yiliga qilingan tayyorgarlik ishlari, o‘quv yurtining yutuqlari, 2026-2027-o‘quv yili uchun ajratilgan kvotalar va 1-kursga qabul qilingan talabalar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bu boradagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.