QUTLOV!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Saparniyazov Sansizbay Kadirniyazovich!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2026-yil 26-avgust kungi 388/1-sonli bayonnomasi bilan «Pedagogika nazariyasi, pedagogika ta’limotlar tarixi» mutaxassisligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlanishi bilan filial mehnat jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman!
Sizning xonadoningizga omonlik, mustahkam sog‘lik, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya
va sport universiteti Nukus filiali
direktori, professor: B.Erimbetov.