Diqqat! E’lon!

TALABA QIZLAR O‘RTASIDA INNOVATSION LOYIHALAR TANLOVI!
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba qizlarning innovatsion g‘oyalari va qobiliyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologik kasblarga yo‘naltirish maqsadida talaba qizlar o‘rtasida innovatsion loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
Dasturiy ta’minot, veb va mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, IoT, robototexnika va boshqa zamonaviy texnologik yechimlar.
Tanlov shartlari👇
Loyiha amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi va demo yoki prototip ko‘rinishida taqdim etilishi kerak.
Hurmatli talaba qizlar!
Innovatsion g‘oyalaringizni namoyish eting va tanlovda g‘olib bo‘ling!
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatga olish 26-sentyabr soat 22:00 gacha.
Tanlov o‘tkazish vaqti: 29-sentyabr kuni soat 10:00
Murojaat uchun: (+99891) 379 85 28.
Filial Matbuot xizmati.