Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun 6 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni filial direktori, professor B.Erimbetov olib bordi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Ziyrak talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ziyrak talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Mnajatdinovning, Axborot-resurs markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Axborot-resurs markazi boshlig‘i K.Toreshovaning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, joriy masalalar tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial Matbuot xizmati.