Diqqat tanlov

“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining OTM bosqichi!
Aziz talabalar!
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 1–4-kurs talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining OTM bosqichi e’lon qilinadi!
Tanlovning maqsadi — talabalarning innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, yangi g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli tashabbuslarni rag‘batlantirish.
Sizdan nima talab etiladi?
Kreativ g‘oya;
Muayyan muammoning innovatsion yechimi;
Amaliy ahamiyatga ega loyiha;
G‘oyaning yangiligi va dolzarbligi;
Loyihani kelgusida amalga oshirish imkoniyati.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining 1–4-bosqich talabalari.
G‘OLIBLAR UCHUN MUNOSIB RAG‘BATLANTIRISH!
1-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining 7 baravari;
2-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari.
Eng yaxshi loyihalar saralab olinib, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Loyiha topshirish muddati: 25.10.2026
Loyiha topshirish telegram manzili: @Koblan_Mnajatdinov
To‘liq ma’lumot uchun havola: https://drive.google.com/file/d/1icRp1Pe1Dulbquth3ssX3x6h5kRGIrnY/view?usp=sharing
O‘z g‘oyangizni loyiha sifatida taqdim eting va g‘oliblar safidan joy oling!
Filial matbuot xizmati.