Yangi özbek alifbosidagi özgarişlar professor-öqituvçilarga tuşuntirildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti 2026 yilning 21 oktyabr kuni «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida»gi Qonunni imzolagan edi.

Bugun şu asosda Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga kiritilgan özgarişlarni professor-öqituvçilarga tuşuntiriş maqsadida seminar bölib ötdi.

Seminarda filialning «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi özbek tili fani assistent öqituvçisi Sanjar Saubatov lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga kiritilgan tört harfning yangi alifbodagi özgarişi, yozilişi va bir harfning alifbodan olib taşlanganligi böyiça tuşuntirişlar berib ötdi.
Filial matbuot xizmati.