Sportning futbol turidan «Direktor kubogi» uçun musobaqa ötkazildi
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali xodimlari, professor-öqituvçilari örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy faollik va sportga qiziqişni oşiriş, jamoaviy va döstona munosabatlarni mustahkamlaş, filialda sportning ommaviy tadbirlarini rivojlantiriş va kuçli futbolçilar jamoasini aniqlaş maqsadida sportning futbol turidan «Direktor kubogi» ötkazildi.
Musobaqani filial direktori Bayrambay Erimbetov kiriş sözi bilan oçib berdi va iştirokçilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Şundan söng filial professor-öqituvçilari va xodimlaridan tuzilgan jamoa a’zolari «Direktor kubogi» uçun özaro bellaşuvlar olib bordi. Bir-biridan qiziqarli va qizğin bahslarga boy tarzda ötgan musobaqa yakunida ğolib jamoalar aniqlandi va ular filial direktori tomonidan direktor kubogi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Filial matbuot xizmati.