Direktor o’z faoliyatini yoshlar muammolarini o’rganishdan boshladi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023- yilning 11-aprel kuni Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetovga Ellikqal’a tumanida yashovchi jami 22 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar biriktirilgan edi.
Bugun filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov uyma-uy yurib, o’ziga biriktirilgan «Aqchako’l», «Qavatqala», «Cho’pon», «Istiqlol» va «Toshkent» mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar oldi.
Uchrashuv davomida direktor yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi va ularni qiynab kelayotgan muammolarni, shu bilan bir qatorda qiziqishlarini so’radi. Yoshlarning qiziqishlarini inobatga olib, «Cho’pon» mahallasida yashovchi Rano Azatova, Munira Boltaboyeva, Og’abek Gulimboyev, «Toshkent» MFYda yashovchi Seytmurat Sarsenbayev, Ruslan Qodirov, «Istiqlol» MFYda yashovchi Zebiniso Hakimbayeva, «Qavatqala» MFYda yashovchi Babajan Ametov, Sarvar Reymbayev, «Aqchako’l» MFYda yashovchi Kamron Quramboyev, Ra’no Rajabbayevalarga zamonaviy kompyuterlar sovg’a qildi.
O’ylaymizki ushbu sovg’alar yoshlarning kasb o’rganishiga va kelajakda yurtimiz ravnaqiga o’z hissalarini qo’shishiga xizmat qiladi.
Filial matbuot xizmati.


