Filialda Yangi yil bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali bayram tadbirin Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri A.Allanazarov va filial direktori, professor B.Erimbetovlar barcha mehnat jamoasi a’zolarin, talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng yil davomida bir qator yaxshi natijaga erishgan mehnat jamoasi a’zolariga filial rahbariyati tomonidan tayyorlangan Faxriy yorliqlar, Yangi yil sovg‘alari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining «2024-2025 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdar davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida davlat stipendiyalari tanlovida g‘olib deb topilgan filial talabalariga bir oylik stependiyaning bir barobari miqdorida mukofot «Vaucher» topshirildi.

Bayram tadbiri Qoraqalpog‘iston san’at namoyandalari va filial talabalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.








Filial Matbuot xizmati.