Chempion talabalar tantanali ravishda kutib olindi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3-7-yanvar kunlari oralig‘ida Hindistonning Lakxnau shahrida gandbol bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qit’asi bosqichida O‘zbekiston U-18 va U-20 terma jamoalari sovrinli 1-o‘rinni egallagan edi.
Chempion jamoalar tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari Baymurat Reypnazarov va Raxat Joldasbayev ishtirok etib, terma jamoaning g‘alabasiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.
Bugun Nukus temir yo‘l vokzalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, filial professor-o‘qituvchilari, sportchining ota-onasi, do‘stlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar sportchilarni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan samimiy tabrikladi va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Filial Matbuot xizmati.