Filialda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida filialning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatkichlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Islambek Mambetnazarov 2023-2024 o‘quv yilida xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro hamkorliklar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, ilmiy loyihalar, mahalliy, xalqaro grantlar va investitsiyalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy yo‘nalishda olib borayotgan ishlari haqida jurnalistlarga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, mahalliy filialning ilmiy salohiyati avvalgi yillarda 22 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 30 foizga ko‘tarildi. Bu, albatta, filial professor-o‘qituvchilarining ilm yo‘lida tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotganligi natijasidir.

Brifingda ommaviy axborot vositalari vakillari filialning ilmiy salohiyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.


Filial Matbuot xizmati.