Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial komandasi finalga chiqdi

Muassasa, korxona, tashkilot, sport klublari, maktab ta’limi xodimlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan tuzilgan jamoalar Futzal bo‘yicha XXI Qoraqalpog‘iston chempionatiga 14 dekabrda start olgan edi.

Chempionatga Respublikamizning barcha shahar, tuman, muassasa, korxona, tashkilot, sport klublari, ta’lim xodimlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan tuzilgan jami 22 ta jamoa birinchi bosqichda o‘zaro chempionlik uchun kuch sinashdi va 8 ta jamoa chorak finalga yo‘llanma oldi.

Filialning «SKUF-2» jamoasi PLEY-OFF bosqichida raqib jamoa a’zolaridan ustun kelib finalga yo‘llanma oldi.

Futzal bo‘yicha XXI Qoraqalpog‘iston chempionati final o‘yini joriy yilning 26-fevral kuni Nukus olimpiya va paralimpiya markazi sport zalida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining «SKUF-2» jamoasi «Pantera» jamoasiga qarshi chempionlik o‘yini uchun maydonga tushadi.

Jamoa a’zolarini chempionatga I.Abdullayev, T.Kaypnazarov va M.Qutlimuratovlar tayyorladi.

Filial jamoasiga finalda omad tilaymiz.

Filial Matbuot xizmati.