Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Terma jamoaning 2-o‘rinni egallashida filial talabalarining ham hissasi bor

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan Milliy gvardiya sport majmuasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalaridan A.Sirg‘abayev, J.Azatova va A.Abilkasimovalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston terma jamoasi 2-o‘rinni egalladi. Jamoa a’zolarining kubok uchun o‘tkazilgan musobaqada sovrinli o‘rinni egallashida filial talabalarining ham salmoqli hissasi bor.

Musobaqa yakunida g‘oliblar qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi a’zolari ham tashkilotchilar tomonidan medal va Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati