Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda filial direktori boshchiligida direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov olib bordi. Yig‘ilish kun tartibida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Erimbetovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan 2025-yil fevral oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda joriy yilning 13-fevral kuni sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng 2024-2025-o‘quv yili kuzgi yakuniy baholash imtihonlari natijalari va keyingi yakuniy baholash imtihonlari bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida «Sport turlari» fakulteti dekani D.Nurishovning, filialda 2024-2025-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida o‘quv jarayonining sifati va uni tahlil qilish haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Ramazanovning, Xotin-qizlar kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenovaning, 2024-2025-o‘quv yilida filialga talabalarni qabul qilish natijalari haqida Qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.Primbetovlarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, Kengash yig‘ilishi yakunida filial faoliyatiga oid joriy masalalar muhokama qilindi.

Filial Matbuot xizmati.