Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Gandbolchi qizlar musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi

 

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi a’zolari yetakchilik qilmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining «Sport saroyi»da sportning «Gandbol» turidan qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada filialning qizlar jamoasi a’zolari raqib jamoa a’zolaridan ustun ekanligini ko‘rsata oldi.

Musobaqaning O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani kiritish uchun olib borilgan musobaqa yakunida filial jamoasi 1-o‘rinni egalladi va Diplom bilan taqdirlanib musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Jamoa a’zolarini musobaqaga professor-o‘qituvchilardan N.Urazbayev tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.