Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar xalqimiz madaniyati va tarixi bilan tanishdi

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish. Ularni respublikamiz tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishtirish. Ular orasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ona Vatanga, tug‘ilgan yerga bo‘lgan muhabbatini oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov tyutorlar bilan birgalikda shahrimizdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etdi.

Talabalar sayohat davomida muzey zallaridan o‘rin olgan eksponatlar orqali xalqimizga xos madaniyat va hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishdi.

Sayohat davomida talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga muzey xodimlaridan javoblar oldi.

 

Bu boradagi ishlar filial profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov va tyutorlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

 

Filial Matbuot xizmati.